Xitoy birjasi uygʻurlar qoni evaziga oʻsmoqda
Xitoy Sharqiy Turkistondagi iqtisodiy ishtirokini tobora kengaytirmoqda – genotsid va majburiy mehnat oʻchogʻiga aylangan mintaqani milliardlab daromad keltiradigan manbaga aylantiryapti.
2025 yil aprelь oyi oxiridagi maъlumotlarga koʻra, mintaqadan 61 ta kompaniya birjaga roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, ularning umumiy bozor qiymati taxminan 104,5 milliard dollarni tashkil etadi. 2024 yilda esa bu kompaniyalar taxminan 98,2 milliard dollar daromad olgan – bu mintaqadagi umumiy sanoat ishlab chiqarishining uchdan bir qismiga toʻgʻri keladi.
Xitoy hukumati har yili yuzga yaqin mahalliy fabrikalarni tanlab olib, ularni birjaga olib chiqmoqda. Ammo bu iqtisodiy oʻsish zamirida ommaviy taъqiblar, majburiy mehnat, ekologiyaga zarar va resurslarni Xitoy ichki hududlariga olib chiqib ketish kabi dahshatli jarayonlar yashiringan.
Tahlilchilarning ogohlantirishicha, ayni damda 2 900 dan ziyod kompaniya taъqib va zoʻravonlik tizimida ishtirok etmoqda.