22.11.2024 15:39
738

"Vatandosh" guvohnomasi: u kimlarga beriladi va qanday imtiyozlari mavjud?



Oʻzbekiston prezidentining qarori asosida Oʻzbekiston hayotida faol ishtirok etayotgan, respublikada xayriya (metsenat) faoliyatin olib borayotgan xorijdagi vatandoshlar uchun  minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda «Vatandosh» kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat —  «Vatandosh» guvohnomasi beriladigan boʻldi. Uning imtiyozlari va shartlari maʻʻlum qilindi.

Oʻzbekiston prezidentining 20 noyabrʻ kuni eʻʻlon qilingan qarori bilan ayrim xorijdagi oʻzbekistonliklarga «Vatandosh» guvohnomasi va shu nomdagi karta beriladi, deya xabar qildi Adliya vazirligiga tegishli "Huquqiy axborot" Telegram kanali.

Nizom bilan respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga «Vatandosh» guvohnomasi va «Vatandosh» kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi belgilandi.

«Vatandosh» guvohnomasi — xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni ragʻbatlantirish shakli boʻlib, Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatning boshqa davlatlar bilan doʻstona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotgan, respublikada xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda «Vatandosh» kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat.

Taklif va tashabbus asosida guvohnoma berish boʻyicha taqdim etilgan nomzodlarni vazirlik va idoralar koʻrib chiqish uchun Komissiyaga tavsiyanoma kiritadi.

«Vatandosh» kartasi — guvohnoma asosida 5 yil muddatga (vatandosh milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan holda) beriladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklidagi hujjat;quyidagi huquqlar beriladi:

Oʻzbekiston hududiga vizasiz kirish va chiqish;
mamlakat hududida koʻchmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan koʻchmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shugʻullanish;
Oʻzbekiston fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, taʻʻlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.
Karta egalarining oila aʻʻzolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga etmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:

amaldagi viza muddatini uzaytirishda Oʻzbekiston hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan koʻp martalik viza olish;
Oʻzbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, taʻʻlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.

Mavzuga aloqador