«Vagner» safida xizmat qilgan yana bir oʻzbekistonlik jazoga tortildi
Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, Ukraina, Rossiya va Belarusda xizmat qilgan Oʻzbekiston fuqarosi jazoga tortildi. Uning «Artemovskni ozod qilganlik uchun» medalini olgani va Evgeniy Prigojin bilan «adolat marshi»da qatnashgani aniqlandi.
21 avgust kuni jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahri Mirzo
Ulugʻbek tumani sudi «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasida xizmat qilgan 48 yoshli
oʻzbekistonlik ustidan hukm chiqardi. Bu haqda «Gazeta.uz» sud qaroriga tayanib xabar qildi.
Ish materiallariga koʻra, 2022 yil sentyabrʻ oyida poytaxtlik
(1976 yilda tugʻilgan) B.Z. Rossiyaga ishlash uchun ketgan. U pul topish maqsadida
ketganini kattaroq xonadon sotib olmoqchi boʻlgani bilan izohlagan. Oʻshanda u
(oilada yagona boquvchi), nogironligi bor rafiqasi, onasi, singlisi va uch
farzandi — jami etti kishi ikki xonali kvartirada yashagan, xususan, u rafiqasi
bilan oshxonada turgan.
Erkak RFga «Toshkent-Novosibirsk» avtobusida «Gʻishtkoʻprik»
chegara posti orqali yoʻl olgan. 2023 yil 20 maygacha bitta korxonada novvoy boʻlib
ishlagan. Oʻsha paytlarda u Telegram kanallaridan birida «Vagner» XHKning
reklamasini koʻrgan.
Unga jangovar harakatlarda qatnashganlik uchun ish haqi 240
ming rublʻ (43,8 million soʻm) boʻlishi, shuningdek, 21 kun davomida harbiy
tayyorgarlikdan oʻtayotganda yana 45 ming rublʻ toʻlanishi maʻʻlum qilingan. U rozi
boʻlgan va Krasnodardagi harbiy bazaga borgan.
Sudda erkak «orqaga qaytib boʻlmasligi va u jangda oʻlishi
mumkinligi»dan ogohlantirilganini aytdi. Erkak unga pul kerak boʻlganini, shuning
uchun xizmat qilishga rozi boʻlganini bildirdi.
Olti oyga tuzilgan shartnoma shartlarida u jangovar harakatlar
paytida barcha buyruqlarni bajarishi va agar unga Rossiya Federal xavfsizlik
xizmatidan («FSB») bogʻlanishsa, «Vagner» haqida maʻʻlumot bermasligi, shuningdek,
ehtimoliy oʻlimdan soʻng tobuti va xizmati uchun pulni yuborish kerak boʻlgan
mamlakat va yashash joyi manzilini koʻrsatishi qayd etilgandi.
Erkak, shuningdek, oila aʻʻzolarining sonini va ularning yashash
joylarini koʻrsatishi kerak edi.
U shartnoma imzolagandan soʻng telefoni va shaxsiy buyumlari
olib qoʻyilib, harbiy kiyim bilan taʻʻminlangan. Kompʻyuterga uning ismini yozib,
T-4949 belgisi bilan boshqa, «B» ismini qoʻyishgan, shuningdek, AK-74 avtomati
bilan taʻʻminlashgan.
Soʻng koʻrsatmalar berishgan, kompaniyadagi ichki tartib
qoidalarni tushuntirishgan, sheriklariga shaxsiy maʻʻlumotlarini oshkor etmaslik,
ulardan shunday maʻʻlumotlarni soʻramaslik, bir-birlariga shartli nomlar bilan
murojaat qilish, aloqa vositalaridan foydalanmaslik boʻyicha koʻrsatmalar berishgan.
Bundan tashqari, agar sheriklari jang paytida orqaga chekinsa,
ularni otishlari, shuningdek, jang paytida yaradorlarga yordam berishlari kerak edi.
Ularga spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni isteʻʻmol qilish, shuningdek,
oʻzaro janjallashish taqiqlangan. Agar ular oʻz safdoshlari yoki qoʻmondoniga qurolni
oʻqtaladigan boʻlsa, ogohlantirishsiz otib tashlanishi mumkin edi.
Uning soʻzlariga koʻra, ularga tinch aholi bilan muloqot qilish,
ularning mol-mulkini oʻgʻirlash, ulardan oziq-ovqat va boshqa narsalar olmaslik ham
taqiqlangan. Ushbu buyruqlarni bajarmaslik oʻldirish bilan jazolangan. Bu qoidalar
««Vagner»ning ogʻzaki oltin qoidalari» deb nomlangan.
U 9 nafar sherigi bilan birga harbiy qismning chodirida
yashagan, ertalab soat 5 dan tushlikkacha ular jangovar tayyorgarlikdan oʻtgan:
yugurish, avtomat bilan pozitsiyalarni egallash, oʻtirish va yotish, hujum taktikasini
oʻrganish. Tushlikdan soʻng ular qurollardan foydalanish, ularni tozalash va yigʻish,
harakatlanayotganda minalardan himoyalanish, hujum paytida kamuflyajni oʻrgangan.
Erkak 2023 yil 23 iyunda «Vagner» XHK asoschisi Evgeniy
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini XHK lageriga raketa hujumida ayblab eʻʻlon
qilgan «adolat marshi» paytida ham yordam bergan. Oʻshanda XHK jangchilari
Rostov-Donga kirib, harbiy va maʻʻmuriy obʻʻektlarni egallab olgan, shundan soʻng,
Prigojinning buyrugʻiga koʻra, 25 ming kishidan iborat guruhning alohida qismlari
Moskva tomon yoʻl olgan va Rossiya poytaxtidan 200 km uzoqlikda toʻxtagandi.
Oʻsha paytda sudlanuvchi va boshqa harbiy xizmatchilar harbiy
buyumlar, oziq-ovqat va tibbiy buyumlar, harbiy kiyim va oʻq-dorilar etkazib
berishda yordamlashgan. Biroq qurol ishlatish buyrugʻi boʻlmagani uchun u avtomatdan
foydalanmagan.
Shundan soʻng XHK jangchilari Ukrainaga, keyin esa prezident
Aleksandr Lukashenko taklifi bilan Belarusga chekingan.
Ayblanuvchi harbiy kolonnada avtobusda Mogilyovdagi bazaga
(Belarusʻ sharqidagi shahar) borgan. U erda 20 sentyabrgacha uy ishlari bilan
shugʻullangan, keyin ularni Podolʻskga olib ketishgan. Ularga xohlovchilar Rossiya
fuqaroligini olishi va pasportlari tayyor boʻlgunga qadar shu erda yashashi mumkinligi
aytilgan.
Biroq unga pasportni olganidan keyin Afrika mamlakatlariga
xizmat qilish uchun yuborilishini tushuntirishgan. Erkak 23 avgust kuni Prigojin
vafot etgani sababli muddatidan oldin tugagan shartnomani uzaytirmagan va 467
ming rublʻ (deyarli 60 million soʻm, oʻsha kungi MB kursi boʻyicha 5 ming dollar
atrofida) maoshini olgan.
2023 yil 24 sentyabrʻ kuni Toshkentga qaytib kelgan.
Sud qarorida qayd etilishicha, u Ukrainaga qarshi Lugansk
viloyati (Rossiya bosib olganidan keyin u er Lugansk xalq respublikasi deb qayta
nomlangan) hududida jang qilgan. Shuningdek, Donetsk xalq respublikasi rahbaridan
2023 yil may oyi oxirida DXRda taʻʻsis etilgan «Artemovskni ozod qilganlik uchun»
medalini olgan.
Sudʻya erkakni Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi
(Yollanish, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan
aybdor deb topdi va jazoni engillashtiruvchi holatlarni (aybiga toʻliq iqror
boʻlish, pushaymonlik, voyaga etmagan farzandi va nogironligi bor turmush oʻrtogʻi
mavjudligi) inobatga olgan holda, unga 4 yilga ozodlikdan cheklash jazosini
tayinlandi.
Unga soat 22:00 dan 6:00 gacha yashash joyini tark etish, ommaviy
tadbirlar, mitinglar, namoyishlarda ishtirok etish, jinoyat sodir etishga moyil
shaxslar bilan muloqot qilish, Oʻzbekiston hududidan tashqariga chiqish taqiqlanadi.
Avvalroq Yuqori Chirchiq sudi Toshkent viloyatida yashovchi fuqaroni
yollanma faoliyati uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. OAV, tergovga koʻra,
mahkum 2014−2015 yillarda Ukrainada oʻzini oʻzi mustaqil deb eʻʻlon qilgan DXR
tomonida jang qilgani haqida xabar bergan.