04.03.2024 08:02

Ustoz Mubashshir Ahmad: Umma Life foydasi uchun boshqa ijtimoiy tarmoqlardan voz kechaman

Taniqli diniy ulamo, Azon Global axborot-tahlil portali va qator loyihalar asoschisi ustoz Mubashshir Ahmad musulmonlarning Umma Life ijtimoiy tarmogʻi foydasi uchun boshqa ijtimoiy tarmoqlardan voz kechishini maʻʻlum qildi.
“Umma‘da obunachilarim soni 5000 dan oʻtsa, undan asosiy tarmoq sifatida foydalanishga vaʻʻda qilgan edim. Vaʻʻdamda turib endi faqat Umma‘da yozaman, ularni esa adminim Facebook, X, Telegram va Instagram‘larda berib boradi. Demak, endi men boshqa ijtimoiy tarmoqlarda boʻlmayman, ulardagi komment va shaxsiy maktublarni oʻqimayman”, - deb yozdi ustoz.
Mubashshir Ahmad tanlovi Umma Life ekanini bildirib, boshqa musulmonlarga ham shuni taklif qildi. Ustoz oʻz soʻzini Qurʻʻoni karimning quyidagi oyati bilan yakunladi:
"Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yoʻlida hamkorlik qilmangiz! Allohdan qoʻrqingiz!". ("Moida", surasi, 2-oyat).
Ayni paytda ustoz Mubashshir Ahmadni Umma Life ijtimoiy tarmogʻida 6,5 ming kishi kuzatib bormoqda.
Avvalroq Azon Global tahririyati Umma Life asoschilari bilan ushbu ijtimoiy tarmoqning oʻziga xosliklari, musulmonlar uchun qanday imkoniyatga ega ekanligi, texnik va xavfsizlik jihatlari toʻgʻrisida suhbatlashgan edi.

Mavzuga aloqador