17.05.2025 12:59
173
Umra litsenziyasiga ega turfirmalar soni 14 taga etdi
Din ishlari boʻyicha qoʻmita Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziya berish boʻyicha tanlov natijalariga koʻra yana 2 ta turfirmaga litsenziya berdi.
Qayd etilishicha, tanlov komissiyasi Toshkent shahrida joylashgan Centrum holidays hamda Buxoroda joylashgan «Buxoro umra jamiyati» MChJlarini tanlov gʻolibi deb topgan.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita joriy yil 7 mart kuni ikkinchi marotaba Umra litsenziyasini olish uchun tadbirkorlik subъektlaridan yangi arizalar qabuli boshlanganini eъlon qilgan edi.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, litsenziyalovchi vakolatli organga 10 dan ortiq ariza kelib tushgan, lekin qoʻmita ularning faqat 2 tasiga litsenziya bergan. Din ishlari boʻyicha qoʻmita yangi litsenziya uchun tanlov eъlon qilinganini ham, uning natijalarini ham keng aholi foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eъlon qilmagan.
Ayni vaqtda Oʻzbekistonda Umra ziyoratini tashkil qilish uchun litsenziya berilgan turfirmalar soni 14 taga etdi.