Ukrainadagi urushda Rossiya qoʻshinlari safida ishtirok etgan 51 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi besh yil muddatga qamaldi. Uning ukrain droni tomonidan tashlangan snaryad portlashi oqibatida jarohatlangani maʻʻlum boʻldi.

Ukraina hududida Rossiya qoʻshinlari safida harbiy harakatlarda ishtirok etgan fargʻonalik 51 yoshli erkak besh yil muddatga qamaldi.

Sud hujjatlariga koʻra, Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanida tugʻilgan A. X. ishlash uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga borgan. Biroq maosh masalasida yurtdoshlari bilan kelishmovchilik chiqadi va hibsga olinadi. Advokat besh yil muddatga qamaligi mumkinligi va Ukrainadagi urushda qatnashish evaziga qamalishdan qutilib qolishi mumkinligini aytadi. A.X. jazodan qutilish evaziga politsiya taqdim etgan shartnomaning ikki nusxasini imzolaydi va ikki oylik harbiy tayyorgarlikdan soʻng Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etadi.

Lugansk chegarasida Rossiya harbiy kolonnasiga ukrain uchuvchisiz uchoqlari hujumi vaqtida jarohatlangan A.X. bir oy davolangach, hushiga keladi.

Sud A.X.ni Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi (Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish) boʻyicha aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Avvalroq 56 yoshli oʻzbekistonlik ham Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 3 yilga qamalgandi.

Mavzuga aloqador