29.08.2025 14:17
95
Turkmanistonda chekuvchilar jarimaga tortiladi
Turkmaniston hukumati mamlakatda sigaret chekish 2025-yil oxirigacha toʻliq taqiqlanishini maъlum qildi.
Gap shundaki, aholisi 7 millionga yaqin boʻlgan Turkmaniston dunyodagi chekuvchilar soni eng kam boʻlgan davlatlardan biri hisoblanadi. Chekishga qarshi dastlabki tashabbus 2022 yilda mamlakat sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan ilgari surilgan edi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga koʻra, bugungi kunda mamlakatda chekuvchilar soni aholining atigi 4 foizini tashkil etadi. Sigaretga solinadigan yuqori soliq, qatъiy cheklovlar va jamoat joylarida chekish taqiqlangani bois kashandalar soni yanada kamaymoqda. Jazo choralari ham keskin: 200 manatgacha (taxminan $57) jarima belgilangan.
Hukumat faqat maslahat bilan cheklanib qolayotgani yoʻq mamlakatda sigaret olib kirishga keskin cheklovlar ham joriy etilgan. Ayrim joylarda esa sigaret qutilari ommaviy ravishda yoqib yuborilmoqda. Mahsulot narxlari ham oshgan: bir dona sigaret 25 manat (0,571,42 dollar), bir quti esa 50170 manat (14,2048,50 dollar) atrofida.