Turkmaniston Ozarbayjonda masjid qurish uchun tender eъlon qildi
Turkmaniston qurilish va meъmorchilik vazirligi Ozarbayjonning Fuzuliy shahrida yangi masjid barpo etish boʻyicha tender eъlon qildi. Loyiha ikki davlat oʻrtasidagi madaniy va maъnaviy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
Tender kotirovka shaklida oʻtkazilib, unda milliy va xalqaro kompaniyalar ishtirok etishi mumkin. Hujjatlarni topshirish uchun soʻnggi muddat – 2025 yil 22 sentyabrь.
Oldinroq, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Turkmaniston xalq maslahati raisi, sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Fuzuliy shahrida masjid qurib berishga vaъda berganini maъlum qilgandi.
Uning soʻzlariga koʻra, Berdimuhamedov Fuzuliyga tashrifi davomida ushbu shaharda masjid qurib berishga tayyorligini bildirgan. Aliev bu taklifni "minnatdorlik bilan qabul qilgan". Yangi masjid Fuzuliyning arxitekturaviy qiyofasini boyitish bilan birga, mintaqaning diniy va madaniy hayoti markaziga aylanishi kutilmoqda. Loyihada zamonaviy muhandislik echimlari ham nazarda tutilgan boʻlib, bu binoning mustahkamligi va xavfsizligini taъminlaydi.