Turkiyaning birinchi kosmonavti Erga qaytdi
Turkiyaning birinchi astronavti Alper Gezeravjini oʻz ichiga olgan Axiom-3 (Ax-3) ekipaji Dragon kosmik kemasi kapsulasida Erga qaytdi.
Turkiyaning birinchi astronavti Alper Gezeravjini oʻz ichiga
olgan Axiom-3 (Ax-3) ekipaji Dragon
kosmik kemasi kapsulasi Xalqaro kosmik stantsiyadan ajralib,
48 soatlik parvozdan soʻng Erga qaytdi.
Dragon kapsulasining Erga qaytishi noqulay ob-havo sharoiti
tufayli uch marta kechiktirildi.
Toʻrt nafar
fazogir SpaceX kompaniyasining Dragon kosmik kemasi Falcon-9 raketasi yordamida 19
yanvarʻ kuni 00:49 da AQShning Florida shtatidagi Kennedi kosmodromidan koinotga
koʻtarilgan edi.
Dragon kosmik
kemasi 20 yanvarʻ kuni soat 13:40 da Xalqaro kosmik stantsiyaga tutashdi va
taxminan 36 soatlik kosmik sayohatni yakunladi.
Alper Gezeravji oʻz dasturiga muvofiq Xalqaro kosmik
stantsiyada 13 ta tajriba oʻtkazdi.