Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji 18 yanvarga oʻtar kechasi uchinchi Axiom (Ax-3) tijoriy missiyasi tarkibida Xalqaro kosmik stantsiyaga parvoz qiladi.

Uchish AQShning Florida shtatidagi Kennedi nomidagi kosmik markaz platsdarmida SpaceX shafeligi ostida amalga oshiriladi.

Gezeravjining ushbu parvozi Turkiyaning koinotni tadqiq etish borasidagi koʻp yillik saʻʻy-harakatlari natijasi hisoblanadi. Xususan, Turkiya 2018 yil 13 dekabrda oʻzining kosmik agentligini yaratib, bu boradagi ilk ulkan odimini tashladi. 2021 yil 9 fevralʻ kuni prezident Rejep Tayyip Erdogʻan Turkiya milliy kosmik dasturini taqdim etdi. Turk fuqarosini XKSga uchirish dasturning oʻnta maqsadidan biri edi.

Gezeravji koinotga birinchi parvozini amalga oshiradigan kosmik kema 19 yanvarʻ kuni soat 13.15 da XKSga tutashadi.

Maʻʻlumot uchun, 2022 yil may oyida Turkiya kosmik agentligi “Turk koinot sayohatchisi va ilm-fan missiyasi” uchun 2 nafar Turkiya fuqarosi tanlab olinishi haqida eʻʻlon berdi. Ilk turk kosmonavtiga aylanish uchun 36 ming nomzod ariza topshirdi. Nomzodlardan 30 nafari Anqaraga chaqirildi. Nomzodlarni tanlashda muhandislik, fizika, tibbiyot va astronomiya sohalaridagi faoliyati bilan bir qatorda qaysi sport turlari bilan shugʻullanishi ham hal qiluvchi boʻldi. Kerakli shartlarni bajargan nomzodlar Anqarada tibbiy va psixologik testlardan oʻtdi.

Gezeravji Xalqaro kosmik stantsiyada 14 kun davomida turli ilmiy vazifalarni bajaradi. Jumladan, kosmosda saraton, immunitet hujayralari, suv oʻtlari, propolis va boshqalar ustida 13 ta tajriba oʻtkaziladi.

Qayd etilishicha, kelgusida Turkiya hukumati Milliy kosmik dastur maqsadlariga erishish uchun faol harakatlarni davom ettiradi. Uning doirasida ikkinchi turk kosmonavti Tuva Jihangir Atasever aprelʻ oyida Oyga uchadi.

Turkiya kelgusida koinotdan tijorat maqsadlarida foydalanish orqali 1 trln dollargacha daromad olishni maqsad qilgani aytilmoqda.

Mavzuga aloqador