SpaceX kompaniyasining Axiom-3 missiyasini Xalqaro kosmik stantsiyaga olib chiqishi kerak boʻlgan Falcon 9 raketasi parvozi bir kunga qoldirildi.

SpaceX kompaniyasi Ax-3 missiyasini uchirishni bekor qildi. Bu haqda kompaniyaning X ijtimoiy tarmogʻidagi xabarida aytiladi.

Birinchi turk astronavti Alper Gezeravjini XKSga joʻnatadigan Axiom-3 missiyasining ishga tushirilishi 18 yanvarga qoldirildi.

“Biz 18 yanvarʻ, payshanba kuni Ax-3 missiyasini orbitaga olib chiqishni maqsad qilganmiz”, — deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, qoʻshimcha vaqt mutaxassislarga parvoz oldidan oxirgi tekshiruvlarni yakunlash va kosmik kema haqidagi maʻʻlumotlarni tahlil qilish imkonini beradi.

Bortida Axiom-3 ekipajini olib uchayotgan Falcon – raketasi parvozi 17 yanvardan 18 yanvarga oʻtar kechasi, Turkiya vaqti bilan soat 01:11 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.

Mavzuga aloqador