Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi “Isroil bilan hamkorlik” ayblovlarini rad etdi
Turkiya Milliy mudofaa vazirligi yanvarʻ oyida ham Isroilga porox, portlovchi moddalar, oʻq-dori va qurol eksport qilishda davom etgani haqidagi xabarlarni rad etib, faqat “ov miltigʻi ehtiyot qismlari va baliqchilik vositalari (garpun va boshqa)” sotilganini bildirdi. “Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Isroil bilan harbiy taʻʻlim, mashgʻulotlar va mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni oʻz ichiga olgan hech qanday qoʻshma faoliyat olib bormaydi”, - deyiladi bayonotda.
Turkiya Milliy
mudofaa vazirligi X ijtimoiy tarmogʻida Isroil bilan hech qanday qoʻshma faoliyat,
jumladan, harbiy tayyorgarlik, mashqlar va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik
qilmasligini bildirdi, deya xabar bermoqda Anadolu.
Vazirlik
bayonotida Isroilning Gʻazodagi kasalxonalar, maktablar, diniy ibodat joylari,
qochqinlar lagerlari va tinch aholini nishonga olgan tartibsiz zoʻravonlik harakatlari
davom etayotgani taʻʻkidlangan.
“Turkiya Respublikasi har doim Falastinni qoʻllab-quvvatlagan,
shu nuqtai nazardan, Falastin xalqiga zarar etkazadigan har qanday faoliyatni
amalga oshirishi mumkin
emas. Turkiya Milliy mudofaa
vazirligi Isroil bilan harbiy taʻʻlim, mashgʻulotlar va mudofaa sanoati sohasida
hamkorlikni oʻz ichiga olgan hech qanday qoʻshma faoliyat olib bormaydi”, - deyiladi bayonotda.
Avvalroq
ayrim internet saytlari Turkiya Statistika instituti (TUIK) yanvarʻ oyida ham Turkiya
Isroilga porox, portlovchi moddalar, alanga oluvchi moddalar, oʻq-dori, qurol va
ehtiyot qismlarini eksport qilishda davom etgani haqidagi maʻʻlumotlarini
tarqatgan edi.
Turkiya
Milliy mudofaa vazirligi ushbu maʻʻlumotlarga izoh berib, “36-band: Porox va
portlovchi moddalar, pirotexnika vositalari, piroforik qotishmalar, yonuvchan
materiallar” deganda “suyuq yoqilgʻi va yondirgich gazi”, “93-band: Qurol va
oʻq-dorilar; ularning qismlari va aksessuarlari” nomi ostida esa “silliq stvolli
ov miltigʻi ehtiyot qismlari va aksessuarlari hamda baliqchilik vositalari (garpun
va boshqalar” nazarda tutilganini maʻʻlum qildi.