14.02.2025 09:45
Turkiyada yoʻlovchi avtobusi agʻdarilib ketdi: qurbonlar va jarohatlanganlar bor
Turkiyaning Bingoʻl viloyatida yoʻlovchi avtobusi agʻdarilib ketdi. Hodisa Bingoʻl-Diyarbakir yoʻlida, Gench tumaniga yaqin hududda sodir boʻlgan.
Maъlumotlarga koʻra, Shirnakdan Erzurumga ketayotgan avtobus haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, ariqqa tushib ketgan. Hodisa oqibatida 5 kishi halok boʻldi, 31 kishi jarohatlandi.
Voqea joyiga tibbiy yordam, politsiya va qutqaruv guruhlari jalb etildi. Jarohatlanganlar kasalxonaga etkazilgan, ularga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
Bingoʻl gubernatori Ahmet Hamdi Ustaga koʻra, avtobus muzlagan yoʻlda boshqaruvni yoʻqotgan va chuqurga agʻdarilgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.