30.05.2025 12:37
160
Turkiyada yangi konstitutsiya tayyorlanyapti
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon yangi konstitutsiya tayyorlash uchun 10 nafar huquqshunosdan iborat jamoa ish boshlaganini bildirdi. U "yangi konstitutsiya – shaxsiy manfaadorlik emas, balki milliy masala ekani"ga urgʻu bergan.
“Biz yangi konstitutsiyani oʻzimiz uchun emas, balki turk millati uchun tayyorlayapmiz”, degan davlat rahbari.
Shuningdek, Erdoʻgʻon hozirgi konstitutsiya eskirgani, harbiy taъsir belgilarini oʻzida saqlab qolganini qoʻshimcha qilgan.
Ushbu tashabbusdan maqsad 1982-yilda harbiy toʻntarishdan soʻng qabul qilingan konstitutsiya oʻrniga, zamonaviy va demokratik hujjat yaratish ekanini taъkidlagan.
Muxolifat yangi konstitutsiya orqali uning 2028 yildan keyin ham hokimiyatda qolishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Tanqidchilarning fikricha, mamlakat etakchisi muddati tugagach qayta saylanolmaydi, faqat muddatidan oldin saylov yoki huquqiy oʻzgarishlar boʻlsa bu imkoniyat paydo boʻlishi mumkin.
Maъlumot uchun, konstitutsiya loyihasi 2025 yil kuzida parlamentga taqdim etiladi. Yangi konstitutsiyani qabul qilish uchun kamida 400 deputat ovozi kerak.