21.05.2025 16:34
209

Turkiyada xitoylik josuslar qoʻlga olindi



Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) Xitoy razvedkasi bilan aloqadorlikda taxmin qilingan 7 kishilik josuslik tarmogʻini fosh qildi. Tezkor operatsiya natijasida ularning davlat xizmatchilariga tegishli telefon qoʻngʻiroqlari, sms xabarlarini kuzatgani hamda uygʻur jamoasi vakillarining joylashuvini aniqlash maqsadida soxta signal uzatuvchi stantsiyalardan foydalangani aniqlangan.

Maъlum qilinishicha, gumonlanuvchilar Istanbul, Izmir, Manisa, Balikesir va Bursa kabi yirik shaharlarda oʻtkazilgan operatsiyalar paytida qoʻlga olingan. 

Bundan tashqari, Istanbuldagi Xitoy texnik jihozlarini etkazib beruvchi bir kompaniya egasi ham hibsga olingan. Ayni damda ular sud qaroriga binoan hibsda saqlanayotgani aytilmoqda.

Mavzuga aloqador