30.08.2025 15:43
217
Turkiyada Temu cheklanishi mumkin
Temu Turkiyada cheklovlarga duch kelishi mumkin. Bunga uning xavfli mahsulotlarni sotayotgani hamda mahalliy qoidalarni buzayotgani sabab qilib keltirilgan.
Qayd etilishicha, Temu’ga iyulь oyi oxirigacha vakolatxona ochish majburiyati yuklangan, biroq marketpleys bu majburiyatni bajarmagan. Olib kirilgan poyabzallarda kantserogen, allergik kimyoviy moddalar va ogʻir metallar topilgan: tekshirilgan mahsulotlarning 50 foizida xavfli moddalar aniqlangan.
Maъlum boʻlishicha, 2024 yilda Xitoydan 8 mln juft poyabzal olib kelingan.
Temu xaridorlar xavfsizligi ustuvorligi, Eurofins, TÜV SÜD, TÜV Rheinland, SGS, Bureau Veritas kabi sertifikatlashtirish tashkilotlari bilan hamkorlik qilayotgani va qoidabuzarlik holatida mahsulotlarni platformadadan olib tashlashini maъlum qildi.
Hokimiyat Temu’ni narx masalasida xaridorlarga notoʻgʻri maъlumot berishda va soliq qonunchiligini buzishda ayblamoqda.
Mutaxassislarning fikricha, 2025 yilda Turkiya chet el platformalari orqali savdo sabab QQS boʻyicha taxminan 500 mlrd lira yoʻqotishi mumkin.