Turkiyada sunʻʻiy intellekt asosida ishlaydigan lazer quroli ishlab chiqildi
Turkiyada sunʻʻiy intellekt asosida ishlaydigan lazer quroli ishlab chiqildi. U 4 kilometrgacha masofadagi dronlar va minalarni yoʻq qilishga moʻljallangan.
Turkiyaning ROKETSAN kompaniyasi tomonidan sunʻʻiy intellekt asosida
ishlaydigan ALKA yoʻnaltiriladigan energiya tizimi - lazer quroli ishlab chiqildi.
ALKA - assimetrik tahdidlarga qarshi turish uchun elektromagnit
va lazer texnologiyalaridan foydalanadigan gibrid havo mudofaa tizimi, deyiladi
xabarda.
Ushbu turdagi qurol zirhli transport vositalari va statsionar
obʻʻektlarga oʻrnatilishi mumkin, u asosan dronlarni yoʻq qilish, shuningdek, minalar
va qoʻlbola portlovchi qurilmalarni masofadan portlatish uchun moʻljallangan.
Nishonga olish uchun maksimal masofa 4 km, dronni yoʻq qilishning
samarali diapazoni 1 km gachani tashkil etadi.