25.03.2024 12:24

Turkiyada Rosatom ishtirokida Akkuyu AES qurilishi qarshi bosimlar boʻlayotgani aytildi

Turkiyada Rosatom ishtirokida Akkuyu AES qurilishiga qarshi “ayrim kuchlar toʻgʻridan-toʻgʻri, ochiq va yashirin” bosimlar oʻtkazayotgani aytildi. Anqara tashqi bosimlarga qaramasdan, birinchi reaktorni joriy yil oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Turkiyada Rosatom ishtirokida Akkuyu AES qurilishiga qarshi ayrim kuchlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri, ochiq va yashirin qadamlar tashlanmoqda. Bu haqda Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayraktar maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Uning qayd etishicha, elektr stantsiyasi qurilishiga 30 ming kishi jalb qilingan. Alparslan Bayraktar respublika hukumati tashqi kuchlarning buzgʻunchi taʻʻsiriga qaramay, birinchi reaktorni joriy yil oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirayotganini maʻʻlum qildi. Uning qoʻshimcha qilishicha, Anqara bu borada «qatʻʻiy» harakat qilishda davom etmoqda.

Rosatom Sinopda Turkiyadagi ikkinchi AESni ham qurish huquqini qoʻlga kiritgan. Avvalroq esa Rossiya davlat korporatsiyasi Turkiyada uchinchi AES qurishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga aloqador