28.02.2024 06:05

“Rosatom” Turkiyada yana bitta AES quradi

«Rosatom» davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev Turkiya hukumati mamlakatdagi ikkinchi atom elektr stantsiyasi qurilishini Rosatomga ishonib topshirish toʻgʻrisida siyosiy qaror qabul qilganini bildirdi.

“Prezident Erdoʻgʻon yana bir maydonni bizga oʻtkazish boʻyicha siyosiy qaror qabul qilinganini oshkora eʻʻlon qildi. Hozirda tafsilotlarni oʻrganmoqdamiz. Katta ehtimol bilan bu «Sinop» deb nomlangan maydon boʻladi”, dedi Lixachev.

“Rosatom” tomonidan qurilayotgan Turkiyaning “Akkuyu” atom elektr stantsiyasining birinchi bloki 2025 yilning iyulʻ oyida ishga tushiriladi.

“Akkuyu” AES qurilishi loyihasi Rossiya va Turkiya oʻrtasida 2010 yil 12 mayda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilmoqda.

Atom elektr stantsiyasi har biri 1,2 ming MVt quvvatga ega reaktor bloklari boʻlgan toʻrtta energoblokdan tarkib topadi. “Akkuyu” ishga tushirilib, toʻliq quvvatga ega boʻlgach, yiliga qariyb 35 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Mavzuga aloqador