28.11.2024 10:43
Turkiyada qalbaki dollarlar bilan bogʻliq yirik inqiroz avj oldi
Turkiyada qalbaki dollarlar bilan bogʻliq yirik inqiroz avj oldi. Mutaxassislarning fikricha, mamlakat bozorida 600 millionga yaqin qalbaki dollarlar mavjud boʻlib, ularning aksariyati 50 va 100 dollar nominalida. Qalbakilik darajasi shunchalik yuqoriki, hatto bankomatlar, pul hisoblash mashinalari va koʻplab mutaxassislar =fv soxtani asl nusxadan ajrata olmayapti.
Banklar va ayirboshlash shoxobchalari vakillari, shuningdek, Istanbuldagi "Grand-bazar" (Kapalı Çarşı) savdogarlari 50 dollarlik banknot va 100 dollarlik eski oq koʻrinishdagi pullarni qabul qilishni toʻxtatgan. Bu hatto maxsus jihozlardan foydalanganda ham banknotlarning haqiqiyligini aniqlashning qiyinligi bilan bogʻliq.
Turkiya valyuta ayirboshlash shoxobchalari assotsiatsiyasi (TÜYEMDER) boshqaruvi aʻʻzosi Mustafo Yunverning taʻʻkidlashicha, pul hisoblagichlari va bankomatlarning dasturiy taʻʻminoti bunday qalbaki pullarni aniqlash bilan kurashish uchun yangilanishi kerak.
“Biz tushunmovchiliklarning oldini olish va fuqarolarni moliyaviy yoʻqotishlardan himoya qilish uchun 50 dollar va oq 100 dollarlik banknotlar bilan operatsiyalarni vaqtincha toʻxtatdik. Dasturiy taʻʻminotni yangilash taxminan 7-10 kun davom etishi kutilmoqda”, dedi Unver.
Maʻʻlumotlarga koʻra, qalbaki dollarlarning salmoqli qismi Turkiyaga Yaqin Sharq, Osiyo, Bolqon va Eron orqali kirib keladi. Mustafo Yunverning qoʻshimcha qilishicha, qalbaki pul sotuvchilar zamonaviy materiallar va texnologiyalardan foydalanmoqda, buning natijasida soxta buyumlarni maxsus jihozlarsiz asl nusxadan ajratib boʻlmaydi.
“Biz qalbaki dollarlar hajmi 600 millionga yaqin ekanligi haqida maʻʻlumot oldik. 50 dollarlik kupyuralarga alohida eʻʻtibor qaratish lozim, chunki ular qalbakilashtirishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu banknotalar shunchalik yuqori sifatga egaki, hatto pulni tekshirish uskunalarini ishlab chiqaradigan zavodlarda ham ularning haqiqiyligini aniqlash qiyin”, — dedi u.
Yunver fuqarolarga banklar va rasmiy ayirboshlash shoxobchalaridan tashqarida valyuta operatsiyalarini amalga oshirmaslikni qatʻʻiy tavsiya qildi.
“Turkiyada 950 ga yaqin litsenziyaga ega ayirboshlash shoxobchalari mavjud, biroq ularga qoʻshimcha ravishda minglab noqonuniy tashkilotlar ham bor. Fuqarolar oʻta ehtiyotkor boʻlishlari va rasmiy litsenziyaga ega boʻlmagan joylarda valyuta xarid qilishdan qochishlari kerak”, — dedi u.
Yeni Şafak nashri soxta dollarlarni aniqlash boʻyicha bir qator tavsiyalarni eʻʻlon qildi:
Qogʻoz sifati
Asl dollar pullari 75 foiz paxta va 25 foiz zigʻirdan iborat qogʻozga bosiladi. Teginib koʻrilsa, soxta pullar silliq yoki aksincha, juda qoʻpol boʻlishi mumkin.
Mikromatn
Haqiqiy banknotlarda faqat lupa ostida koʻrish mumkin boʻlgan mikromatn mavjud. Masalan, 2004 yildagi 50 dollarlik kupyurada bunday yozuvlar portret yoqasiga va veksel chetlari boʻylab joylashtirilgan.
Rangni oʻzgartirish effekti
Haqiqiy 50 va 100 dollarlik banknotlarda raqamlar koʻrish burchagi oʻzgarganda rangi misrangdan yashilga oʻzgaradi.
Qogʻoz konstruktsiyasiga xavfsizlik ipi kiritilgan boʻlib, unda «USA» yozuvi va banknot nominali koʻrinadi.
Filigra
Banknotni yorugʻlikda koʻrayotganda, unda asosiy tasvir bilan mos keladigan portret yoki boshqa oʻyma tasviri paydo boʻladi.
Hid
Baʻʻzi ekspertlarning taʻʻkidlashicha, yangi banknotlarning hidi soxta pullardan farq qilishi mumkin, chunki turli xil kimyoviy moddalar qoʻllaniladi.
Qalbaki pullarning koʻpligi tashvishli
Qalbaki dollarlar turk iqtisodiga ommaviy ravishda kirib, banklar, ayirboshlash shoxobchalari va oddiy fuqarolar uchun jiddiy qiyinchiliklar tugʻdirdi. Bu muammo moliya tizimiga boʻlgan ishonchni susaytiradi va shoshilinch choralar koʻrishni, jumladan, tekshirish texnologiyasini va xalq taʻʻlimini takomillashtirishni talab qiladi.