Turkiyada mahalliy saylovlar boʻlib oʻtdi
Turkiyada 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan mahalliy saylovlar uchun berilgan ovozlarni sanash yakuniga etmoqda. Norasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi (CHP) hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasidan (Ak Parti) biroz oldinda.
Turkiyada
31 mart kuni boʻlib oʻtadigan mahalliy saylovlar uchun berilgan ovozlarni sanash
yakuniga etmoqda. Norasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, muxolifatdagi Respublika Xalq
partiyasi (CHP) hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasidan (Ak Parti) biroz
oldinda.
Butun
mamlakat boʻylab saylov qutilarining 99,45 foizi sanalganidan soʻng, 37,72 foiz
ovoz bilan CHP etakchilik qilmoqda, 35,52 foiz ovoz bilan Ak Parti ikkinchi
oʻrinda.
Mamlakatda
61 mln dan ortiq saylovchi roʻyxatga olingan boʻlib, ular uchun 206 845 ta saylov
uchastkasi tashkil etildi. Saylovlarda 34 ta siyosiy partiya oʻz nomzodlarini ilgari
surdi. Saylovlarda qatnashish darajasi 78,53 foizni tashkil etdi.
Turkiyada
saylov kuni soat 06:00 dan 24:00 gacha spirtli ichimliklar sotilmadi. Bundan
tashqari, koʻngilochar markazlar yopildi.