Turkiyada Istanbul shahar meri hibsga olindi
Turkiyada Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi keng koʻlamli operatsiya oʻtkazildi. Shaharning meri Ekrem Imamogʻlu va 100 dan ortiq shaxs, jumladan rasmiylar va tadbirkorlar hibsga olindi.
Tergov Imamogʻluni jinoyat tashkilotiga rahbarlik qilish, poraxoʻrlik, firibgarlik, tenderlarda qalloblik hamda PKK bilan aloqadorlikda ayblamoqda.
Hukumat tergov moliyaviy hisobotlar va guvohlarning koʻrsatmalariga asoslanganini taъkidlamoqda. Operatsiyada 3 ming nafar politsiya xodimi ishtirok etgan.
Muxolifatdagi asosiy shaxslaridan biri boʻlgan Imamogʻlu bu hibsni “xalq irodasini suiisteъmol qilishga urunish” deb atadi.
Uning maslahatchilari va tarafdorlari voqeani siyosiy taъqib sifatida baholashsa, prokuratura bu korruptsiya va tadbirkorlarni pora berishga majburlash sxemasi ekanini taъkidlamoqda.
Bundan avval, Istanbul universiteti prokuratura talabiga binoan Imamogʻluning diplomini bekor qilgan, bu esa uning 2027 yilda oʻtkazilishi mumkin boʻlgan prezidentlik saylovlarida Erdoʻgʻanga asosiy raqib sifatida qatnashish imkoniyatini cheklashi mumkin.
Chunki Turkiyada faqat oliy maъlumotli nomzodlargina davlat rahbarligi uchun kurasha oladi.