23.05.2025 17:09
106

Turkiyada birinchi islomofobiyaga qarshi kurash markazi ochildi

Turkiyada birinchi islomofobiyaga qarshi kurash markazi ochildi

Anqarada joylashgan Anqara Bilim Universiteti tarkibida Turkiyada ilk bor Islomofobiyaga qarshi kurashish boʻyicha ilmiy markaz va tadqiqot instituti (CENTERCIF) ochildi. Ochilish marosimi Anadolu tsivilizatsiyalari muzeyida boʻlib oʻtgan. Unda Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ham ishtirok etdi.

Vazir Ersoy tarixiy misollar asosida Rim imperiyasidan to zamonaviy mustamlakachilikgacha boʻlgan davrlarda dindorlarning qanday zulmlarga duchor boʻlganini hikoya qilib bergan. 

Bugungi kunda esa aynan musulmonlar zolimlarning asosiy nishoniga aylanganini qayd etarkan u Falastin, Arakan, Srebrenitsa va Gʻazo kabi joylarda sodir boʻlayotgan qatliomlarni bunga misol qilib keltirgan.

Yangi markazning asosiy maqsadi — Islomofobiyaning ildizlarini ilmiy asosda oʻrganish, xalqaro hamkorlik asosida jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va jamiyatning bu boradagi xabardorligini oshirishdir.

Markaz nafaqat Turkiyada, balki xalqaro maydonda ham islomofobiyaga qarshi kurashuvchi etakchi ilmiy va ijtimoiy markazga aylanishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador