22.01.2025 06:30
Turkiyada bir kunlik motam eʻʻlon qilindi
Turkiyaning Bolu viloyatidagi togʻ-changʻi kurortida sodir boʻlgan yongʻin qurbonlari soni 76 nafarga etdi. Mamlakatda bir kunlik motam eʻʻlon qilindi. Oʻzbekiston prezidenti Turkiya rahbariga hamdardlik yoʻlladi.
Turkiyaning Bolu viloyati «Kartalkaya» togʻ-changʻi kurortidagi mehmonxonada tongga yaqin yuzaga kelgan yongʻin qurbonlari soni 76 nafarga etdi.
Mamlakat Bosh prokuraturasi tomonidan 9 kishi, shu jumladan mehmonxona rahbari qoʻlga olindi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan fojia munosabati bilan mamlakatda bir kunlik motam eʻʻlon qildi. Shuningdek, Erdogʻan Kartalkayadagi mehmonxona yongʻini boʻyicha masʻʻullarni javobgarlikka tortish uchun barcha zarur choralar koʻrilishini maʻʻlum qildi.
Oʻzbekiston prezidenti hamdardlik bildirdi
Turkiyaning Bolu viloyatidagi togʻ-changʻi kurortida yuz bergan kuchli yongʻin oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻanga hamdardlik yoʻlladi.
«Qardosh Turkiya etakchisi va xalqiga chuqur taʻʻziya izhor etib, davlatimiz rahbari marhumlarning oila aʻʻzolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi», - deyiladi Oʻzbekiston rahbari maktubida.
Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi mehmonxonadagi yongʻinda, dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, oʻzbekistonliklar mavjud emasligini bildirdi.