Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini qayta tiklashi mumkin
Gʻazoda erishilgan tinchlik «doimiy» boʻlsa, Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini qayta tiklashi mumkin. Bu haqda seshanba kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi (DEİK) rahbari Nail Olpak maʻʻlum qildi.
2024 yil
3 may kuni Turkiya Gʻazo sektoridagi harbiy harakatlar va insonparvarlik
yordamining toʻsib qoʻyilishi sababli Isroil bilan barcha savdo aloqalarini toʻxtatgan
edi. Bu qarorga koʻra, Turkiya oʻz mahsulotlarining Isroilga eksportini va Isroil
mahsulotlarining import qilinishini toʻliq toʻxtatdi. 2023 yilda ikki mamlakat
oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 7 milliard AQSh dollarini tashkil
etgan boʻlib, buning 76 foizi Turkiya eksporti hissasiga toʻgʻri kelgan.
Eslatib
oʻtamiz, yakshanba kuni Isroil va HAMAS oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi kuchga
kirdi va mahbuslar almashinuvi boshlandi. Gʻazo sektoridagi urush paytida Rajab
Toyyib Erdoʻgʻon Isroilga qarshi koʻplab bayonotlar berdi va hatto sionizmga qarshi
islom olamini birlashtirishga harakat qildi. Koʻplab davlatlar Isroilning urush
jinoyatlari ortidan u bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarini uzdi va Janubiy
Afrikaning Gʻazo sektorida Falastin xalqining genotsidi uchun Xalqaro Suddagi
ishiga qoʻshildi.