15.05.2025 12:01
125
Turkiyada 452 nafar Qurъon hofiziga diplom topshirildi
Turkiyaning Ordu shahrida oʻtkazilgan tadbirda Diyonat ishlari boshqarmasi raisi, doktor Ali Erbash 452 nafar Qurъon hofiziga maxsus diplomlarni topshirdi.
Maъlum qilinishicha, marosimda 306 nafar qori va 146 nafar qoriya ushbu diplomni olishga musharraf boʻlgan.
Erbashning taъkidlashicha, Turkiyada bugungi kunga qadar 255 mingdan ortiq Qurъon hofizlari diplom olgan. Rasman hujjat olmaganlar bilan hisoblansa bu raqam yarim millionga yaqinlashishi mumkin.
“Alloh taolo Qurъonni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga eng katta moʻъjiza sifatida nozil qilgan. Uning yozilishi, asrlar davomida saqlanishi va yod olinishi – barchasi oʻziga xos moʻъjizadir. Qurъondan boshqa birorta kitob boshidan oxirigacha yod olinmagan”, degan Ali Erbash oʻz nutqida.