24.07.2025 10:44
147
Turkiya va Ozarbayjon mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Turkiya va Ozarbayjon mudofaa xavfsizligi, logistika hamda harbiy taъminot sohalarida hamkorlikni nazarda tutuvchi kelishuvni imzoladi.
"Vzglyad" nashrining xabar berishicha, mazkur memorandumga Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Hasanov va Turkiya mudofaa vaziri Yashar Guler tomonidan imzo chekilgan.
Istanbuldagi IDEF2025 koʻrgazmasi paytida imzolangan kelishuv ikki davlat oʻrtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Unga koʻra, Ozarbayjon Turkiyaning Baykar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan uchuvchisiz uchish apparatlarini xarid qiladi.
IDEF 2025 koʻrgazmasi mudofaa sanoatining etakchi mutaxassislarini birlashtiradi. Tadbir 22 iyuldan boshlab bir necha maydonlarda jumladan, Otaturk aeroporti va Istanbul koʻrgazma markazida oʻtkazilmoqda.