20.06.2025 06:44
78

Turkiya va Italiya hamkorlikda uchuvchisiz uchoqlar ishlab chiqaradi



Turkiyaning uchuvchisiz uchoqlar ishlab chiqaruvchi Baykar kompaniyasi va Italiyaning mudofaa giganti Leonardo oʻzaro qoʻshma korxona tashkil etishga kelishib olishdi.

Shartnoma Rimda Leonardo bosh direktori Roberto Chingolani hamda Baykar raisi Selchuk Bayraktar tomonidan imzolangan.

Leonardo’ning soʻzlariga koʻra, Italiyada joylashgan qoʻshma korxona dron tizimlarini ishlab chiqaradi va bevosita xizmat koʻrsatadi. Maqsad – ushbu sohadagi ilgʻor turk ishlanmalarini Italiyaning yuqori texnologik standartlari bilan birlashtirish ekani aytilmoqda.

“Evropa, ayniqsa, hozirgi qiyin sharoitda bunday texnologiyalarga juda muhtoj”, degan Chingolani.

Kelishuv shartlariga koʻra, Leonardo va Baykar birgalikda oʻz mahsulotlarini nafaqat Evropada, balki xalqaro bozorlarga ham chiqaradi.

Mavzuga aloqador