05.07.2025 15:03
139
Turkiya va Ispaniya hamkorlikda super aviatashuvchi ishlab chiqarmoqchi
Turkiya va Ispaniya uzunligi taxminan 300 metr boʻlgan yirik aviatashuvchi kema ishlab chiqarishga kelishib oldi. Ushbu uchoq tashuvchi kema har ikki davlat floti manfaatlari yoʻlida xizmat qiladi. Bu haqda InfoDefensa portali xabar berdi.
Mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Xaluq Gurgunning aytishicha, Turkiya 2024 yilda milliy MUGEM dasturi doirasida ilk toʻliq quvvatdagi aviatashuvchi loyihasini ishlab chiqqan. Uning uzunligi taxminan 285 metrni tashkil etadi.
"Ayni paytga kelib Ispaniya bilan hamkorlikda yanada yirikroq kema yaratish imkoniyati tugʻildi. Bu kema eng ilgʻor standartlarga javob beradigan katapulьta orqali uchirish tizimi va aerotormozlar bilan jihozlanadi",
degan u.