22.01.2024 13:50
Turkiya tashqi ishlar vaziri HAMAS siyosiy byurosi raisi bilan uchlashdi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya bilan uchrashdi. Tomonlar Gʻazo sektorida sulhni tezroq oʻrnatish imkoniyatlari, Falastin anklaviga insonparvarlik yordami hajmini oshirish va mahbuslarni ozod qilish masalalarini muhokama qildi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya bilan uchrashdi. Bu haqda Anadolu Turkiya TIVdagi diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.
Tomonlar Gʻazo sektorida sulhni tezroq oʻrnatish imkoniyatlari haqida fikr almashdilar. Falastin anklaviga insonparvarlik yordami hajmini oshirish va mahbuslarni ozod qilish masalalari ham muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, mintaqada doimiy tinchlik oʻrnatish maqsadi bilan ikki davlat tuzishga asoslangan kelishuv mavzusi koʻrib chiqilgan.