24.01.2025 12:30

Turkiya Ruanda va Kongo oʻrtasidagi mojaroda yordamga shayligini bildirdi

Prezident Erdogʻan: Turkiya Ruanda va Kongo Demokratik Respublikasi oʻrtasidagi mojaroni hal etishga yordam berishga tayyor

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdogʻan Anqarada Ruanda prezidenti Paul Kagame bilan oʻtkazilgan yakkama-yakka va delegatsiya uchrashuvlaridan soʻng oʻtkazilgan matbuot anjumanida Ruanda va Kongo Demokratik Respublikasi oʻrtasidagi mojaroni hal etishga Turkiya tayyor ekanini taʻʻkidladi.

"Agar har ikki tomon ham mojaroni hal qilishni istasa, Turkiya har tomonlama yordam berishga tayyor. Bu Buyuk Koʻllar mintaqasida tinchlik va barqarorlikka hissa qoʻshadi", dedi Erdogʻan. 

Prezident Kagamening Turkiyaga tashrifi Ruanda rahbarining ilk rasmiy tashrifi boʻlib, Erdogʻan ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar 2013-2014 yillarda elchixonalarning ochilishi bilan yangi bosqichga kirganini taʻʻkidladi.
U Turkiya va Ruanda oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikka eʻʻtibor qaratdi. 

Jumladan, 2000 yillar boshida savdo hajmi 1 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, bugun Turkiya kompaniyalari Ruandaga salkam 500 million dollar sarmoya kiritgani qayd etildi. 

Shuningdek, Erdogʻan Ruandani siyosiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishning namunasi sifatida koʻrsatib, bu muvaffaqiyatda prezident Kagamening rahbariyati katta rolʻ oʻynaganini aytdi.

Uchrashuvlar davomida ikki davlat oʻrtasida savdo, energetika, taʻʻlim, madaniyat, mudofaa sanoati va ilmiy-tadqiqot sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash muhokama qilingan.

Mavzuga aloqador