29.10.2024 07:55

Turkiya Respublikasi tashkil etilganining 101 yilligi nishonlanmoqda

Bugun – 29 oktyabrʻ kuni Turkiya Respublikasi tashkil etilganining 101 yilligi keng nishonlanmoqda. Mustaqillik va millatning yangidan tiklanish ramzi boʻlgan bu kun Turkiyada xalq bayrami sifatida har yili katta tantanalar bilan oʻtkaziladi. Ushbu bayram munosabati bilan butun turk xalqini samimiy tabriklaymiz.

2024 yil 29 oktyabrʻ kuni Turkiya Respublikasining tashkil etilganiga 101 yil toʻldi. Bu sana – Turkiyaning zamonaviy davlat sifatida dunyo sahnasiga qadam qoʻygan kuni sifatida turk xalqining milliy bayrami sifatida keng nishonlanadi. Mustaqillik va millatning yangitdan tiklanish ramzi boʻlgan bu kun har yili katta tantanalar bilan oʻtkaziladi.

Turkiya Respublikasi 1923 yil 29 oktyabrʻ kuni u zamonaviy Turkiya davlatchiligining asoschisi hisoblanuvchi Mustafo Kamol Otaturk etakchiligida tashkil topgan. Ushbu sanadan hozirgi Turkiyaning davlat tuzilishi, qonun va jamiyat islohotlari yoʻlga qoʻyilib, mamlakat yangicha qiyofalarda taraqqiyot va ravnaq sari qadam tashlay boshladi.

Bugun butun Turkiya boʻylab dam olish kuni deb eʻʻlon qilingan boʻlib, mamlakatning barcha hududlarida turli madaniy va koʻngilochar dasturlar oʻtkaziladi. Anqara shahridagi Respublika maydonida har yili oʻtkaziladigan bosh tantanaga yuz minglab odam yigʻiladi, bayroq koʻtarish marosimlari va harbiy paradlar uyushtiriladi. Shuningdek, bayramning muhim qismi sifatida xalq sayillari, kontsertlar, mushakbozliklar joʻrligida yorqin shou-dasturlar tashkil etiladi. Koʻplab yirik shaharlarda jamoat transporti bepul.

Azon Global nashri sifatida Turkiya Respublikasining 101 yillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz! Turk xalqining tinchlik va taraqqiyoti, davlatining mustahkamligi va ravnaqi yanada yuksalishda davom etsin. 

Mavzuga aloqador