20.03.2025 13:46
279
Turkiya rasmiylari aholini dezinformatsiyadan ehtiyot boʻlishga chaqirdi
Oldinroq Turkiya Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov doirasida 106 nafar gumonlanuvchi, jumladan Istanbul shahar meri Akrom Imomoʻgʻli ham hibsga olingani haqida xabar bergandik.
Istanbul shahar meri va boshqa gumonlanuvchilar terror tashkilotiga yordam berish, jinoiy uyushma tarkibida poraxoʻrlik, tovlamachilik, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir etishda gumonlanayotgani aytilgandi.
Bugun, 20 mart kuni Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Faxriddin Altun ayrim siyosiy doiralar, ayniqsa, muxolifat vakillari ushbu tergov jarayoniga mafkuraviy bosim oʻtkazishga urinayotganini maъlum qildi.
Boshqarma rahbari tergov tafsilotlarini bilmay turib, mamlakat prezidentiga nisbatan tuhmat qilayotganlarni keskin tanqid qilib, buni sud tizimining mustaqilligiga putur etkazishga qaratilgan provokatsiya deb atagan.
Shuningdek, u aholini rasmiy manbalarga tayanish va dezinformatsiyadan ehtiyot boʻlishga chaqirib, turkiyaliklardan tergov jarayoniga oid asossiz xabarlarga ishonmaslikni soʻradi.