Turkiya prezidenti Diyonat akademiyasining ilk bitiruvchilariga diplomlar marosimida qatnashdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Diyonat akademiyasi bitiruv marosimida ishtirok etib,
Turkiya
prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Diyonat akademiyasi boshqarmasining Ixtisoslashgan
diniy oliy markazlari va Ixtisoslashgan diniy markazlarning ilk bitiruvchilariga
diplom topshirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Turkiya Diyonat ishlari
vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Oʻz
nutqini duo bilan boshlagan prezident 8 oylik muddatda 33 ta markazda oʻtkazilgan
kurslarning 2012 yilda qonuniy asoslari yaratilgan, Diyonat akademiyasining 10
yillik saʻʻy‑harakatlari bilan 2022 yilda ilk bor faoliyatini boshlaganini
taʻʻkidladi.
“Biz
asrlar davomida Islomning yoyilishida bayroqdor boʻlish sharafiga muyassar boʻlgan
xalq vakillarimiz. Ota-bobolarimiz nafaqat islom dinini oʻz hayotlariga tadbiq
etganlar, balki uning yangi-yangi istilolar orqali tarqalishiga ham xizmat
qilganlar”, ‑ deya taʻʻkidlagan prezident Erdogʻan Qurʻʻon va sunnatga mahkam
yopishgan, oʻzini Islomda topgan ajdodlar “Alloh Alloh” hayqiriqlari bilan 3
qitʻʻa, 7 iqlimga tinchlik, adolat, xavfsizlik, ishonch, tinchlik, birodarlik olib
kelganini aytdi.
Prezident Erdoʻgʻon imom‑xatib yoki muazzin boʻlish faqat
namoz vaqtlarida ibodatlarni
ado etish degani emasligini taʻʻkidlab, “Islom tarixida hech qachon bunday
boʻlmagan. Imom oʻzi yashayotgan xalqning etakchisi va namunali shaxsini ham anglatadi. Buni
etkazish, xabardor qilish va ifodalash, ayniqsa, yoʻl-yoʻriq vazifasini munosib tarzda bajarish har
biringizning asosiy masʻʻuliyatingizdir”, ‑ dedi.
Hayotning boʻshliqlarni qabul qilmasligini tilga olgan prezident Erdoʻgʻan shunday davom etdi:
“Siz qoldirgan har bir boʻshliqni yo ijtimoiy tarmoqlardagi sharlatanlar, FETOga oʻxshash
terror tashkilotlari, beshinchi kolonna aʻʻzolari yoki zahar sotuvchilar yoxud global kuchlar tashviqoti bilan keng
tarqalgan buzuq va axloqsiz oqimlar yo imperialistlarning ichimizdagi apparatlari tomonidan albatta
toʻldiriladi. Yaqin tariximizda buning koʻplab misollariga shaxsan guvoh
boʻlganmiz. Afsuski, biz vatanimizning eng porloq avlodlarini terrorga, zoʻravonlikka,
jaholatga va gʻarblik
bosqinchilar stsenariylariga
qurbon qildik. Kelajagimiz garovi boʻlgan qanchadan-qancha yoshlarning hayoti
giyohvandlik, qimor oʻyinlari, fohishabozlik va ichkilik botqogʻida qorayib
ketganini koʻrdik. Qalam ushlashi kerak boʻlgan yoshlarimizning qoʻllariga qurol tutdilar. Gohida aldab, gohida majburlab togʻlarga olib chiqib ketgan yoshlarni
oʻz xalqi, oʻz yurtining
dushmanlariga aylantirishdi”, ‑ dedi Rajab Toyyib Erdoʻgʻon.
U zaldagi boʻlajak
diniy amaldorlarga: “Hozir
qaerga borishingizni
kim ham bilardi. Qaerga borsangiz ham, u erlar, ularning
bolalari, avlodlari sizlarga
omonat. U erlarda
bolalarimiz ongiga goʻyo naqsh chizasizlar”, ‑ degan Turkiya prezidenti quyidagilarni
qoʻshimcha qildi:
“Paygʻambarimiz sallollohu alayhi va sallamning ushbu hadislarini doimo yodda
tutishingizni ayniqsa sizdan soʻrayman: “Faqat ikki kishiga “hasad” qilsa boʻladi: Alloh taolo bergan
molini haq yoʻlda sarflagan kishiga va Alloh taolo bergan ilmu hikmat bilan hukm
qilgan va uni oʻrgatgan kishiga”. Oʻqishni tamomlab, yurtimiz boʻylab ish boshlaydigan
nomzod diniy mutasaddilarimiz ham ana shu yuksak zehniyat bilan oʻz burchlarini ado etishiga
shubham yoʻq. Siz, birodarlar, el-yurtimiz bilan oʻrnatadigan samimiy, yaqin va xolisona munosabatlar
orqali Paygʻambarimizning
ibratli maʻʻnaviy qadriyatlarini bardavom ettirishingizga chin dildan ishonaman”.
Isroil
bilan Falastin oʻrtasidagi voqealarga eʻʻtibor qaratgan Erdoʻgʻon: “Bu zolim
Isroilning falastinlik birodarlarimizga nima qilganini koʻrdingiz, koʻrmoqdasiz.
Parvardigorim ularni Qahhor nomi uchun badbaxt qilishini umid qilaman. Shunday bir
avlod etishtirishimiz kerakki, Falastin tushgan vaziyatga tushib qolmaylik”, - dedi
u.
Turkiyaning
kuchli avlodi borligini va har kuni yuz minglab yoshlar etishib chiqayotganini
taʻʻkidlagan prezident Erdoʻgʻon:
“Shunga
amin boʻling. Qaerda xizmat qilsangiz ham, sizlar buyuk kurashning askarlarisiz.
Sizning saʻʻy-harakatlaringiz yurtimiz va millatimiz, qardosh xalqlarimizning
ehtiyoji bor. Isroil bosib olingan dunyoning koʻziga tik qaragan holda urush va
insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etayotgan Falastin va Gʻazoning sizga ehtiyoji
bor. Oʻz taqdirini Turkiya taqdiriga bogʻlagan, kelajagini millatimiz kelajagiga
bogʻlagan birodarlarimizning sizlarga ehtiyoji bor. Evropa va Amerikada xavfli oʻsma
kabi kuchayib borayotgan islomofobiya, irqchilik va diskriminatsiyaga qarshi
kurashayotgan fuqarolarimizning sizga ehtiyoji bor. Adolatli va yashash uchun qulay
dunyoni orzu qilgan barcha gʻamgin va mazlum qalblar sizga, sizning kurashingiz va
harakatingizga muhtoj. Siz tayinlanadigan joylarda oʻz vazifangizni bajarar ekansiz,
elkangizdagi bu ogʻir masʻʻuliyatni anglagan holda harakat qilishingizni kutaman”, ‑
dedi.
Turkiya
diyonat ishlari vaziri Ali Erbosh akademiyaning 33 ta markazida tashkil etilgan oʻquv
mashgʻulotlarida 3120 nafar imom‑xatib, 250 nafar muazzin-qayyim, 1167
nafar Qurʻʻon kursi oʻqituvchilari va jami 4537 nafar nomzod diniy xizmatchilar tahsil olganini maʻʻlum qildi.