Kremlʻ Putinning Turkiyaga tashrifiga tayyorgarlik koʻrilayotganini maʻʻlum qildi
Rossiya prezidentining xalqaro masalalar boʻyicha yordamchisi Yuriy Ushakov fevralʻ oyida Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifiga tayyorgarlik koʻrilayotganini maʻʻlum qildi. U Ukraina mavzusi muzokaralarning asosiy mavzusi boʻlishini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifiga
tayyorgarlik koʻrilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining xalqaro masalalar boʻyicha
yordamchisi Yuriy Ushakov maʻʻlum qildi, deya xabar beradi Rossiya OAV.
“Ha,
tashrif tayyorlanmoqda”,
- deya Ushakov soʻzlarini keltiradi.
Kremlʻ vakiliga koʻra, tashrif fevralʻ oyiga moʻljallangan.
Uning qayd etishicha, Ukraina inqirozini hal qilish Rossiya
prezidenti va turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdoʻgʻon oʻrtasidagi boʻlajak
muzokaralarning markaziy mavzularidan biriga aylanadi.
“Aytishim mumkinki, Ukraina masalalari, ehtimol,
muzokaralarning asosiy mavzularidan biri boʻladi”, - dedi Ushakov.