19.03.2025 15:09
143
Turkiya prezidenti 43 yil qamoqda saqlangan suriyalik uchuvchini mukofotladi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan 43 yil davomida qamoqda saqlangan suriyalik uchuvchi Ragʻid Ahmad at-Tatariga Turkiya Diniy ishlari boshqarmasining Xalqaro xayriya mukofotini topshirdi.
Ragʻid at-Tatari 1980 yillarda Suriya hukumati tomonidan Hama shahrini bombardimon qilishga buyruq olgan, biroq u tinch aholiga qarshi hujum uyushtirishdan bosh tortgan. Shu sababli u qamoqqa tashlangan va Asad rejimi davrida 43 yil davomida ogʻir sharoitlarda ushlab turilgan.
U Damashq yaqinidagi Saydnaya qamoqxonasida qiynoqlarga solingan, izolyatsiya qilingan va doimiy bosim ostida saqlangan. Suriyada Bashar Asad rejimi qulagach, siyosiy mahbuslar qatorida u ham ozodlikka chiqarildi.
Erdoʻgʻan uchuvchining jasoratini eъtirof etib, uning insoniy qadriyatlarga sadoqatini taъkidlab oʻtdi. Bu voqea inson huquqlari va adolatni himoya qilish yoʻlidagi global eъtirofning muhim namunasi sifatida eъtirof etilmoqda.