04.05.2024 08:15

Erdoʻgʻan: Turkiya 9,5 milliard dollarlik aylanmasiga qaramay, Isroil bilan savdoni toʻxtatdi


Turkiya prezidenti Gʻazo sektoridagi mavjud vaziyatni saqlab qolishga yoʻl qoʻyilmasligini hamda

Falastin anklavida sodir boʻlayotgan voqealar oldida jim turmasligini taʻʻkidlaldi.


Turkiya ikki davlat oʻrtasidagi savdo aylanmasi 9,5 milliard dollarga etganiga qaramay, Isroil bilan savdo aloqalarini toʻxtatdi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Istanbulda juma namozi yakunida jurnalistlar bilan suhbatda aytib oʻtdi.

– Ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 9,5 milliard dollarni tashkil etdi. Shunga qaramay, Turkiya bu eshikni yopdi”, dedi Turkiya rahbari.

Prezident Erdogʻan, shuningdek, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning Gʻazo bilan bogʻliq harakatlari Turkiya va Isroil oʻrtasida yuzaga kelayotgan yaqinlashishning oldini olganini taʻʻkidladi.

Xususan, u 7 oktyabrʻ voqealaridan sal oldin Nʻyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida boʻlib oʻtgan Isroil bosh vaziri bilan muzokaralarini esladi.

"Ammo Netanyaxu bolalar, ayollar va qariyalarga nisbatan shafqatsizligini koʻrsatdi", dedi u.

Shu bilan birga, Turkiya rahbari Isroil Gʻazo sektorida Gʻarb davlatlari, birinchi navbatda, AQSh koʻmagida agressiya sodir etayotganiga eʻʻtibor qaratdi.

Davlat rahbari Gʻazo sektoridagi mavjud vaziyatni saqlab qolishga yoʻl qoʻyilmasligini va

Falastin anklavida sodir boʻlayotgan voqealar oldida jim turmasligini qoʻshimcha qildi.

“Bugungacha Isroil 40-45 ming falastinlikni shafqatsizlarcha oʻldirdi. Biz musulmonlar boʻlayotgan voqealarni jimgina kuzatib turishimiz aqlga sigʻmaydi”, — dedi u.

Avvalroq Turkiya Savdo vazirligi Isroil bilan savdo aloqalarini butunlay toʻxtatganini maʻʻlum qilgandi.

Mavzuga aloqador