09.07.2024 16:07

Turkiya oʻzining birinchi milliy va mahalliy sunʻʻiy yoʻldoshini uchirdi

AQShning Florida shtatidagi Kanaveral burnidan SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketa-tashuvchisi yordamida Turkiyaning birinchi milliy va mahalliy Türksat 6A sunʻʻiy yoʻldoshi muvaffaqiyatli uchirildi. Türksat 6A yordamida turk sunʻʻiy yoʻldoshlari aloqa xizmatlarini koʻrsatayotgan er yuzi aholisi soni 3,5 millirdandan 5 millird kishiga koʻpayadi.

AQShning Florida shtatidagi Kanaveral burnidan SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketa-tashuvchisi yordamida Turkiyaning birinchi milliy va mahalliy Türksat 6A sunʻʻiy yoʻldoshi muvaffaqiyatli uchirildi.

Sunʻʻiy yoʻldosh xizmat koʻrsatish sohasiga Hindiston, Tailand, Malayziya va Indoneziya hududlari kiradi. Türksat 6A yordamida turk sunʻʻiy yoʻldoshlari aloqa xizmatlarini koʻrsatayotgan er yuzi aholisi soni 3,5 millirdandan 5 millird kishiga koʻpayadi.

Toʻliq milliy manbalardan foydalangan holda Türksat 6A sunʻʻiy yoʻldoshini ishlab chiqish loyihasi 2014 yil 15 dekabrʻ kuni boshlangan edi.

Qayd etish joizki, Türksat 6A sunʻʻiy yoʻldoshini ishlab chiqishda Turkiya milliy kosmik agentligi bilan bir qatorda TÜBITAK UZAY, Türksat AŞ, ASELSAN, C2Tech va TUSAŞ (TAI) kabi mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etdi.

Mavzuga aloqador