09.10.2025 18:14
76
Turkiya Kosovoga minglab kamikadze dronlarni etkazib berdi
Turkiya Kosovoga Skydagger turidagi minglab kamikadze-dronlarni etkazib berdi: ular Prishtina xalqaro aeroportiga etib kelgani haqida Kosovo Bosh vaziri Alьbin Kurti maъlum qildi. Kosovo xavfsizlik kuchlarining oʻnlab harbiy xizmatchilari bu uchuvchisiz uchoqlarni boshqarish boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan. Kamikadze-dronlar portlovchi jangovar yukka ega zarba dronlari boʻlib, ham harakatlanuvchi, ham statsionar nishonlarni yoʻq qilish uchun moʻljallangan. Kurtining taъkidlashicha, shartnoma oʻtgan yilning dekabrida turk shirkati Baykar bilan imzolangan. Bitimning tafsilotlari oshkor etilmagan. Dronlarni etkazib berish 2026 yilning yanvarь oyiga rejalashtirilgan edi, ammo bir necha oy oldin amalga oshirildi. Oldinroq, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich turk dronlarining Kosovaga etkazib berilishini tanqid qilib, Erdoʻgʻon boshchiligidagi hukumatni "Usmonli imperiyasini qayta qurayotganlik"da ayblagandi.