Turkiy davlatlarning "Made in Turan" brendi taqdim etildi
Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti iqtisodiy forumida "Made in Turan" brendi taqdim etildi. "Made in Turan" brendi uchun alohida imtiyozlar olish va maxsus eksport imkoniyatlarini yaratish rejalashtirilmoqda.
Bokuda
boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) iqtisodiy forumida yangi – "Made
in Turan" brendi taqdim etildi. Bu haqda Ozarbayjon franchayzing
assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Jamid Movsumov maʻʻlum qildi, deya xabar beradi Arbat.media.
“Ushbu
brendning asosiy maqsadi Toʻron mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
brendingiga oʻtishdan iboratdir. Turkiy davlatlardagi kompaniyalarning bu
borada maqsadlari bor. Tegishli davlatlarning bojxona tashkilotlari bilan ham
muzokaralar olib boramiz. Maqsadimiz – "Made in Turan" brendi uchun
alohida imtiyozlar olish va maxsus eksport imkoniyatlarini yaratish”, — dedi Movsumov.
Uning taʻʻkidlashicha, forum turkiy davlatlar oʻrtasidagi mavjud
bozor va sarmoyaviy imkoniyatlarni oʻrganish, brendlarning xalqaro muhitga
integratsiyalashuvini tashkil etish va kompaniyalar oʻrtasida tijorat aloqalarini
rivojlantirishga xizmat
qiladi.