22.05.2025 11:27
96

Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammiti boʻlib oʻtdi



Kecha, 21 may kuni prezident Shavkat Mirziyoev Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Sammitda tashkilot doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikrlar almashilgan.

Mirziyoev Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY faoliyati va tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Turkiy madaniyat jamgʻarmasi kengashining navbatdagi yigʻilishini Oʻzbekistonda oʻtkazishni taklif qilgan.

U, shuningdek, turkiyalik atoqli olim, biokimyogar, Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjarni Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotga sazovor boʻlgani bilan tabriklagan.

Sammit yakunida Budapesht deklaratsiyasi, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha boshqa qator hujjatlar qabul qilindi.

Mavzuga aloqador