11.02.2025 16:00

Misrda Gʻazo aholisini deportatsiya qilish boʻyicha favqulodda sammit oʻtkaziladi



Misr 27 fevralь kuni Falastinliklarni Gʻazo sektoridan deportatsiya qilish boʻyicha AQSh prezidenti Donalьd Trampning taklifini muhokama qilish uchun favqulodda arab sammiti oʻtkazishini maъlum qildi.

Tramp avvalroq Gʻazoni egallab, uning aholisini koʻchirish va mintaqani "Yaqin Sharq Rivьerasi"ga aylantirish niyatida ekanini bildirgan edi. U, shuningdek, Misr va Iordaniyadan ushbu rejani amalga oshirish uchun hudud ajratishni taklif qildi.

Misr va Iordaniya bu rejani keskin rad etdi. "Middle East Eye" nashrining Amman va Tel-Avivdagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Iordaniya oʻz hududiga qochqinlarni majburan joylashtirish boshlangan taqdirda chegarani yopishga va hatto Isroilga urush eъlon qilishga tayyor.

Arab davlatlari Gʻazo aholisini koʻchirmasdan, keng koʻlamli rekonstruktsiya qilishni nazarda tutuvchi muqobil reja ishlab chiqmoqda. Loyiha AQSh va yirik arab sarmoyadorlarini jalb qilishi mumkin va infratuzilmani tiklash Suriya, Livan, Iroq, Liviya va Sudanga ham taalluqlidir.

Gʻazoda urush boshlanganidan beri 47 mingdan ortiq falastinlik halok boʻlgan, BMT maъlumotlariga koʻra, mintaqadagi deyarli barcha turar-joy binolari vayron boʻlgan. Yoʻqotishlarga qaramay, falastinliklar deportatsiya rejalarini qatъiyan rad etib, Isroilning yana bir Nakba qilishiga qarshi chiqishmoqda.

Mavzuga aloqador