28.02.2024 02:16

Xitoy 2024 yilda koinotga 300 dan ortiq sunʻʻiy yoʻldosh uchirmoqchi

Xitoy 2024 yilda koinotga 300 dan ortiq sunʻʻiy yoʻldosh uchirishni rejalashtirmoqda. 100 ta uchirishdan 30 tasi xususiy kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Xitoy joriy yilda koinotga 300 dan ortiq sunʻʻiy yoʻldosh va kemalarni 100 ta uchirish orqali joʻnatib, yillik uchirishlar sonini sezilarli darajada oshirishni maqsad qilgan. Bu haqda Xitoyning Aerokosmik fan va texnologiya kompaniyasi (CASC) xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mamlakat bu yil 100 ta uchirish orqali koinotga 300 dan ortiq sunʻʻiy yoʻldoshlar va kemalar joʻnatib, yillik uchirishlar sonini sezilarli darajada oshirishni maqsad qilgan.

Uchirishlarning 70 tasi CASC tomonidan kosmik dasturning asosiy raketa-tashuvchisi hisoblangan Long March raketalari bilan, qolganlari esa xususiy kompaniyalar oʻzlari tomonidan yaratilgan raketlarda amalga oshiriladi.

Maʻʻlumotlarga koʻra, 2023 yilda Xitoyda 67 ta uchirish amalga oshirilgan, shundan 17 tasi xususiy kompaniyalarga tegishli.

Bu yil Xitoy Er orbitasidagi Tʻengong kosmik stantsiyasiga ikkita odam va ikkita yuk tashuvchi parvozni amalga oshiradi. Oyning qorongʻu tomonidan tosh va tuproq namunalarini yigʻishni maqsad qilgan “Chanʻʻi-6” marsoxodi va Oyning uzoq tomoni bilan aloqani taʻʻminlaydigan «Tsyuechiao-2» uzatuvchi sunʻʻiy yoʻldoshi 2024 yilning birinchi yarmida uchiriladi. 

Mavzuga aloqador