“Fargʻoniy” sunʻʻiy yoʻldoshi bu yil kosmosga uchiriladi – Selchuk Bayraktar
Turkiyaning Baykar Yönetim aviasozlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Selchuk Bayraktar Fergani Uzay (Fargʻoniy koinot) loyihasi doirasida ilk sunʻʻiy yoʻldosh 2024 yilda kosmosga uchirilishini maʻʻlum qildi.
Bayraktar
ayni paytda past orbital sunʻʻiy yoʻdoshlari ustida ish olib borilayotganini qayd
etdi.
“Oʻzingiz
bilasiz, Turkiya mudofaa sanoatida katta yutuqlarga erishdi. Bizning yutuqlarimiz,
bu – nafaqat uchuvchisiz uchoqlar sohasida. Turkiya ayni paytda raketa tizimlari
uchun qattiq yoqilgʻida ishlovchi dvigatellar va raketalar ishlab chiqarishga ham qodir”,
- deya qoʻshimcha qildi u.
Fergani
Uzay kompaniyasiga 2022 yilda Selchuk Bayraktar tomonidan asos solingan boʻlib, iqsodiq
samarador innovatsion dvigatelʻ texnologiyalaridan foydalangan holda tijorat
sunʻʻiy yoʻldoshlari, sunʻʻiy yoʻldosh komponentlari va kosmik foydali yuklar ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan.
Fergani
Uzay tomonidan ishlab chiqariladigan mikrosunʻʻiy yoʻldoshlar axborot almashish, GPS va
boshqa texnologiyalardan iborat 100 kg gacha yuklarni 500-600 km balandlikka
chiqarishga qodir boʻladi.
Shuningdek,
Fergani Uzay “kosmos avtobusi” deb nomlangan va sunʻʻiy yoʻldoshlarni istalgan
orbitalarga olib chiqishi mumkin boʻlgan orbital transport vositalari ustida ham
ish olib bormoqda.