08.08.2025 15:25
33
Trampning maxsus vakili bilan uchrashgan Putin Mirziyoevga qoʻngʻiroq qildi
Bugun, 8 avgust kuni Shavkat Mirziyoev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentlar ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar koʻrib chiqqan. Jumladan, Putin 6 avgust kuni Moskva shahrida Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan oʻtkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida maъlum qilgan.
Kremlь matbuot xizmatining yozishicha, Shavkat Mirziyoev ushbu Uitkoff bilan muzokaralar haqidagi muhim maъlumot uchun minnatdorlik bildirib, Ukraina inqirozini hal qilishning siyosiy va diplomatik yoʻllarini izlash borasidagi saъy-harakatlarga qoʻshilishini aytgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya etakchilari boʻlajak uchrashuv va tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqqan.