15.02.2025 16:30

Toshkentda qancha odam YTH oqibatida vafot etgani aytildi

2024 yil davomida Toshkent shahrida 91 nafar fuqaro yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etgan. Bu haqda Xalq deputatlari kengashining qarorida maъlum qilindi.

Unga koʻra, Toshkent shahri hududida 1 yil davomida 1 280 ta yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlib, mazkur hodisalarning 1 189 tasi tan jarohati, 91 tasi oʻlim kabi ogʻir oqibatlar bilan yakunlangan. Shuningdek, 720 ta piyodalar bilan bogʻliq, 98 ta tezlik bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalari qayd etilgan.

Maъlumot uchun, 2023 yilda Toshkent shahrida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarida 95 kishi hayotdan koʻz yumgan boʻlib, ularning 10 nafarini bolalar tashkil etgandi. Shuningdek, YTHlar natijasida 1 248 kishi jarohatlangan, shundan 235 nafari bolalar boʻlgan. 10 kishi esa umrbod nogiron boʻlib qolgan.

2022 yilda esa poytaxtda 1200 ta yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Shundan halok boʻlganlar soni 136 nafarni tashkil etgan, 1463 nafari esa tan jarohati olgan.

Mavzuga aloqador