06.05.2025 12:20
119

Toshkentda narko-grafitilarni tarqatgan 2 talaba ushlandi



Toshkent shahrining Yunusobod tumanida giyohvandlik vositalarini targʻib qiluvchi narko-grafitilarni tarqatgan 2 talaba ushlandi. 

Poytaxt IIBBning xabar berishicha, ular poytaxtning Yunusobod tumani hududida elektr tokning tayanch ustunlariga “Rossiyadagi ish. Haftasiga 1000 dollar. Bizga Telegram'dan yoz” koʻrinishidagi QR kodli yozuvlarni yopishtirib chiqqan.

Yunusobod tumani hududida ular tomonidan yopishtirib chiqilgan 80 dona flaer aniqlanib, yoʻq qilingan.

Surishtiruv ishlari davomida ushbu reklama varaqalarini chop etib bergan shaxs ham topilgan.

Aniqlangan holat yuzasidan MJtKning 56-2-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirildi. 

Huquqbuzarlarning qilmishi Yunusobod tuman sudida koʻrib chiqilib, ularga nisbatan 15 sutkadan maъmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Mavzuga aloqador