Toshkentda Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi xalqaro anjuman boshlandi
Bugun, 15 oktyabrʻ kuni Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro anjuman boshlandi. Tadbir Qurʻʻoni karim tilovati bilan boshlandi.
Dastavval
prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning
xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrigini oʻqib eshittirdi.
Unda anjuman
doirasidagi muqaddas Islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berishga
qaratilgan ilmiy maʻʻruzalar, tashabbuslar, muhokamalar dunyoda
tinchlik-xotirjamlikka hissa boʻlib qoʻshilishiga umid bildirildi.
Anjumanda
Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, Oʻmon, Rossiya, AQSh, Frantsiya,
Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi
dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari,
din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etmoqda.
Xususan,
zamonamizning mujtahid olimlaridan biri, Dorul ulum Karachi Islom universiteti
professori, muftiy, shayx Muhammad Taqiy Usmoniy hazratlari, Misr bosh muftiysi,
shayx Nazir Muhammad Ayyod hazratlari, Dorululum Devband madrasasi mudiri, Hind ulamolari
jamiyati raisi mavlono Arshad Madaniy hazratlari tashrif buyurishgan.
Anjumanda
Islom olamida roʻy berayotgan voqea-hodisalar, jumladan, Gʻazo va Yaqin Sharq
mintaqasidagi vaziyat yuzasidan ham fikr-mulohazalar tilga olindi. Anjuman davom
etmoqda.
Maʻʻlumot
oʻrnida mazkur anjuman Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2023 yil 19
sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida
Oʻzbekistonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferentsiya
oʻtkazish tashabbusi doirasida tashkil etildi.