30.05.2025 10:29
242

Toshkentda hibsga olinganlar elektr toki bilan qiynoqqa solindi



Toshkent shahri Yangihayot tumani Ichki ishlar boʻlimining uch nafar xodimi hibsga olingan vatandoshlarning soqollarini kuydirib, dubinka bilan kaltaklagan hamda elektroshok  bilan qiynoqqa solgan.
 (https://t.me/uznewsuzb/29625)
Qayd etilishicha, organ xodimlari fuqarolarga nisbatan kaltaklash, psixologik bosim oʻtkazish va boshqa gʻayriinsoniy harakatlarni amalga oshirgan.

Sud jarayonida jabrlanuvchilar boshlariga paket kiydirilgani hamda turli noinsoniy usullarda qiynoqqa solingani haqida aytishgan. 

Oʻtkazilgan tibbiy ekspertiza natijalari esa ularning tanasida jismoniy va ruhiy shikastlar mavjudligini tasdiqlagan.

Sud hukmiga koʻra, mazkur uch nafar IIB xodimi 5 yildan 11 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtashi belgilangan.

Mavzuga aloqador