Toshkent Islom instituti talabasi 12 soatda Qurъonni yoddan xatm qildi
Toshkent Islom institutining ikkinchi bosqich talabasi Robiyaxon Muzaffarxonova Qurъoni Karimning 30 porasini 12 soat ichida yoddan oʻqib, xatm qilishga muvaffaq boʻldi. Bu jarayonni “Qurъon ilmlari” kafedrasi ustozlari va talabalar kuzatib borishdi.
Maъlumotlarga koʻra, institut rektori Uygʻun Gʻofurov mazkur yutuqni yuqori baholab, Robiyaxon Muzaffarxonovaga noutbuk va esdalik sovgʻalarini topshirgan. Qayd etish lozim, Toshkent Islom institutida Qurъoni Karimni bir kunda yoddan oʻqish anъanaga aylangan boʻlib, bugungi kungacha 12 nafar qoriya talabalar ushbu natijaga erishgan.
Ular qatorida Gulruh Kenjabek qizi, Robiya Najmiddinova, Fotima Abdullaeva, Havasxon Akbarova, Saydillaeva Nazokat, Mirahmadova Husnora, Muhammatxanova Muxlisa, Qurbonova Xadicha, Orifjonova Muhsina, Amina Xoʻjayor va Ruqayya Yusufiy kabi talabalar bor.
Toshkent Islom institutida Qurъoni Karimni bir kunda yoddan oʻqib berish anъanasi 2014 yilda Ixtiyor qori Abdurahmanov tomonidan boshlangan. Oʻshanda u institut tarixida ilk bor Qurъonni bir oʻtirishda mukammal yoddan oʻqib xatm qilgan edi.
Talabalarning bu boradagi muvaffaqiyatlari nafaqat ularning shaxsiy zahmatlari, balki ustozlarning mehnati va institutdagi yuksak saviyadagi taъlim tizimi bilan ham bogʻliq.